Murodjon Toshmatov: “Birinchi professional shartnomam “Lokomotiv”da bo’lgan”

🎤 Murodjon Toshmatov “Lokomotiv”ga qaytishi haqida gapirdi. U uchun “Lokomotiv” begona klub emas 🙃

“Birinchi professional shartnomam “Lokomotiv”da bo’lgan. 2010-yil “Lokomotiv” o’rinbosarlar jamoasiga ko’rikka kelganman. O’shanda meni yoshlikdagi murabbiyim Grigoriy Roziyev tavsiya qilgandi. Ko’rikdan o’tib, “Lokomotiv” o’rinbosarlari bilan shartnoma imzolaganman. O’sha yillari katta futbolchi bo’lish uchun asosiy qadamni tashlaganman. Buning uchun otam, amakim va yoshligimdagi murabbiyimdan bir umr minnatdorman”, – dedi Murodjon Toshmatov.