👉 Jamoamiz himoyachisi Manuchehr Safarovdan Pro Liga 1-davra yakunlari va boshqa qisqa savollarga javob oldik.
– Eng qiyin o‘yin?
– O‘zim maydonga tushgan uchrashuvlar orasida eng qiyini “Dinamo” bilan bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlar yaratdik, biroq gol ura olmadik.
– Eng qiyin g‘alaba?
– “Qo‘qon-1912″ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alaba. Maydonda 10 kishi bo‘lib qolishimizga qaramay, safardan uch ochko bilan qaytdik.
– Eng yaxshi maydon?
– Menimcha, eng yaxshi maydon – “Lokomotiv” stadioni maydoni.
– Eng sifatsiz maydon?
– “Xorazm” maydonida o‘ynash juda og‘ir kechdi.
– Eng chiroyli gol?
– Oleg Zoteyevning “Sho‘rtan”ga urgan goli
– Stadiondagi eng yaxshi muhit?
– Ko‘ryapmizki, Pro Liga o‘yinlariga kam ishqibozlar tashrif buyuryapti. Lekin safar bellashuvlarida “Xorazm” va “Sho‘rtan” stadionida yaxshi muhit guvohi bo‘ldik.
– Eng yaqin do‘stingiz?
– Jamoada hamma bilan yaqinman, chunki biz bir oilamiz. Lekin eng yaqin do‘stim Rustam Soirov.
– Eng quvnoq futbolchi?
– Menimcha, Marat Bikmayev bilan Rustam Soirov.
– Eng jiddiy futbolchi?
– Bizda jiddiy futbolchi yo‘q.
– Gol yoki golli pas?
– Golli pas.
– Adidas yoki Molten?
– Adidas.
– Himoya yoki hujum?
– Ko‘proq hujum.
– Kitob yoki telefon?
– Kitob yaxshiroq, lekin ko‘pincha telefon bilan ovora bo‘laman.
– Haaland yoki Mbappe?
– Mbappe.
– Osh yoki spagetti?
– Albatta, osh.
– Darvozabon yoki hakam?
– Darvozada turish osonroq. Hakamlik ancha qiyin.
– VAR yoki VARsiz futbol?
– VAR bo‘lsa adolat bo‘ladi. VAR bo‘lmasa o‘yin qiziq kechadi. Tortishuvlar bo‘ladi. Baribir hamma joyda haqiqat bo‘lgani ma’qul. Shuning uchun VARni tanlayman.