🎤 Rustam Soirov: “Barchasi yaxshi tarzda amalga oshayotganidan mamnunman”

🚂 “Lokomotiv”ning tojikistonlik hujumchisi Rustam Soirov birinchi davra yakunlari haqida gapirdi.

– Rustam, birinchi davra qanday o‘tdi. Siz yangi jamoangiz tarkibida 13 o‘yinda 9 gol urdingiz.
– Barchasi yaxshi tarzda amalga oshayotganidan mamnunman. Doimo asosiy tarkibda o‘ynashni, ko‘plab gollar urishni oldimga maqsad qilib qo‘yaman. Bu esa menga doimo ishtiyoq beradi. Umid qilamanki, “Loko” tarkibida hali ko‘p gol uraman.

– “Lokomotiv”ga kelish oldidan nimalarni maqsad qilgandingiz?
– Aynan shunday start olishni. Maqsadim ko‘p gol urib, jamoaga yordam berish. Hozircha barchasi zo‘r ketmoqda. Oldimizga katta maqsadlar qo‘yilgan. Uni bajarish uchun barchamiz bir yo‘lda mehnat qilyapmiz. Ikki kundan keyin ikkinchi davra uchun tayyorgarlikni boshlaymiz.

– Ikkinchi davradan nimani kutyapsiz?
– Kurash qizg‘in bo‘ladi. Ikkinchi davra ham juda katta raqobat ostida o‘tadi. Ammo biz o‘z maqsadimiz yo‘lida qadam tashlashda davom etishga harakat qilamiz.