Futzal jamoamiz derbida mag’lub bo’ldi va chempionatdagi ishtirokini yakunladi

Futzal bo’yicha mamlakat chempionati yakuniga yetib keldi.

So’nggi turda jamoamiz “Paxtakor” futzalchilariga qarshi bahs olib bordi va 6:2 hisobida mag’lub bo’ldi.

“Paxtakor” – “Lokomotiv” 6:2
Gollar: Jasur O’rinbosarov (7), Akmal Elmurodov (7, 11, 18), Dilshod Irsaliyev (24, 28) – Ilyos Mallayev (20, 30).

photo_2023-06-11_15-23-42

Shu orqali futzal jamoamiz chempionatni 6-o’rinda yakunladi.

Biroq “Lokomotiv” futzal jamoasi uchun mavsum yakunlanganicha yo’q. 17-iyun kuni jamoamiz O’zbekiston Kubogida “Maksam-Chirchiq” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.