🚂 “Lokomotiv”dan temir yo‘l muzeyida foto taqdimot 😍

“Lokomotiv” PFK yangi mavsumda Jako sport kiyimlaridan foydalanadi. Bugun jamoamiz futbolchilari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Temir yo‘l texnikasi muzeyi”da bo‘lib, yangi forma foto taqdimotida ishtirok etishdi.

Foto taqdimotda futbolchilardan Marat Bikmayev, Oleg Zoteyev va Islom Qobilov hamda darvozabonlardan Abdumavlon Abdujalilov bilan Rustam Nartajiyev qatnashdi.

Bu yilgi foto taqdimotni o‘zgacha uslubda, ya’ni “Lokomotiv” PFK bosh homiysi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ muzeyida o‘tkazishni lozim topdik. Zero bu ham yangilik hisoblanadi hamda muxlislarimizga ma’qul keladi degan umiddamiz.

“Lokomotiv” yangi mavsumda ham barcha “temiryo‘lchilar”ni o‘z o‘yini hamda ijobiy natijalari bilan xursand qilish uchun astoydil harakat qiladi.

img_8912 img_8961 img_8978 img_9014 img_9140 img_9205 img_9659