Denis Korostichenko: “Barcha jamoalar guruhdan chiqish uchun o‘ynashadi. Biz ham shuning uchun kurashamiz” 🎤

🚂 “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko Coca Cola O’zbekiston Kubogi-2023 guruh bosqichidagi raqiblar borasida fikrlarini bildirdi.

“Qur’a yaxshi bo‘ldi. Yaxshi guruhga tushdik. “Qizilqum” kuchli raqib, “Dinamo” va “Zomin” ham sifatli jamoalar. Qur’aga ko‘ra, dastlabki o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazishimiz yaxshi holat. Dastlab “Zomin”ni qabul qilamiz. Ushbu bahsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘ramiz. Navbatdagi safar o‘yinlari ham oson bo‘lmaydi: “Qizilqum” va “Dinamo” o‘z maydonida kuchli o‘yin namoyish qiladi.

Menimcha, guruhda oson o‘yinning o‘zi bo‘lmasa kerak. Barcha jamoalar guruhdan chiqish uchun o‘ynashadi. Biz ham shuning uchun kurashamiz. Hudo xohlasa, kubok bahslarida oxirgi uchrashuvga borishga harakat qilamiz. Bu mavsumda o‘tgan yilgi xatolarni takrorlashni istamaymiz. Maqsadlar yuqori, shu sababli barchani xayron qoldirishga harakat qilamiz”, – dedi Denis Korostichenko.