U-19 jamoamiz TFA kubogida “Paxtakor”ga mag’lub bo’ldi

U-19 jamoamiz bugun Qibrayda “Paxtakor” o’rinbosarlari jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:4 hisobida mag’lub bo’ldi.

Javohir Mubarakov ushbu bahsda dubl qayd etdi. Ammo bu g’alaba uchun kifoya bo’lmadi.

Shu orqali Sadriddin Abdullayev shogirdlari endi ushbu turnirda 5-6-o’rinlar uchun o’ynaydi.