“Lokomotiv” himoyachisi Manuchehr Safarov yakunlanib borayotgan yig’in haqida gapirdi.
– Manuchehr, Antaliya yig’ini tugab bormoqda. Yig’in haqida nima deysiz?
– Yig’in yaxshi o’tmoqda. Nazorat o’yinlari o’tkazyapmiz. Mashg’ulotlarda asosan jismoniy jihatdan tayyorgarlikka e’tibor qaratyapmiz. Tarkibda yangi futbolchilar ko’p. Murabbiylar bu nazorat o’yinlari orqali barchani bir tan-u bir jon qilish, bir jamoa sifatida shakllantirishni maqsad qilishgan.
– Yig’indagi harakatlaringizdan qoniqish xosil qilyapsizmi?
– Albatta, har kuni oz-ozdan barcha tomonlama qo’shib, yaxshilanib boryapmiz. Mavsum boshigacha barchasiga tayyor bo’lishimizga ishonaman.
– Bosh murabbiy nazorat o’yinlarida qaysi jihatlarni asosiy planga olib chiqmoqda: jismoniy holat, taktika yoki natija?
– Asosan, jismonan holat va taktika. Ammo barcha biladiki, natija barchasidan ustuvor hisoblanadi. Biroq bu nazorat o’yinlari bo’lgani sababli natijaga unchalik katta axamiyat berilmayapti. Muhimi barchani bir maqsad yo’lida birlashtira olish.
– Ushbu mavsum arafasida “Lokomotiv”ga tojikistonlik yana bir futbolchi Rustam Soirov kelib qo’shildi. Unga mavsumda nechta golli pas berishni istaysiz?
– (Kuladi) Aslida bu narsaga axamiyat bermasam kerak deb o’ylagandim. Ammo endi har o’yinda pas berishni, Rustamning ko’p gol urishini istayman. Umuman olganda, kim gol urishining ham, kim assist bo’lishining ham ahamiyati yo’q. Muhimi g’alabalar va Superligaga chiqish.