Turkiyada ilk marta mag’lub bo’ldik 😞

Bugun “Lokomotiv” Turkiya yig’inlari doirasidagi yettinchi nazorat o’yinida ishtirok etdi.

Ruminiyaning “Chiksereda” jamoasi raqiblik qilgan uchrashuvda so’nggi daqiqadagi penalti sabab mag’lub bo’ldik. Bahs Maruf Jumayevning tezkor goli bilan boshlangandi. Oradan ko’p o’tmay hisob tenglashdi.

Uchrashuv davomida ikkala jamoa ham ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Bu esa bahsning yuqori temda o’tishiga turtki berdi. Ikkinchi bo’limda raqiblar darvozamiz oldida ko’p ham vaziyat yaratgani yo’q edi. Biroq so’nggi daqiqada belgilangan penalti mag’lubiyatga sabab bo’ldi, 1:2.

“Lokomotiv” – “Chiksereda” 1:2
Gollar: Maruf Jumayev (2, 1:0), Mikael Panosh (7, 1:1), Lorant Kovash (90+1, 1:2).

“Lokomotiv”: Rustam Nartadjiyev, Mahdi Abduraimov, Jaloliddin Jumaboyev, Islomjon Qobilov, Oleg Zoteyev, Sherzodjon Komilov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Sanjar Qodirqulov, Maruf Jumayev, Rustam Soirov, Sime Zuzul.
Zaxiradan tushganlar: Zafar Safayev, Manuchehr Safarov, Abdulloh Yo’ldoshev, Samuel Opeh, Maqsudxo’ja A`loxo’jayev, Javohir Abdualimov, Marat Bikmayev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov.

“Chiksereda”: Silard Jenje, Devid Kelemen, Klaudio Apro, Pol Pirvulesku, Mark Kovash, Tomas Xadnagi, Mikael Panosh, Sofyan Jebari, Balash Tayti, Toni Suchiu, Levent Bara.
Zaxiradan tushganlar: Andre Geraliya, Lorant Kovash, Ervin Bakosh, Daniel Vita, Balash Chiser, Dino Stanchich, Silar Veresh.

photo_2023-02-08_19-16-32