Oltinchi nazorat o’yinida “Ufa” bilan durang!

Bugun “Lokomotiv” Turkiya yig’inlari doirasidagi oltinchi nazorat o’yinini o’tkazdi.

Unda jamoamizga Rossiyaning “Ufa” klubi raqiblik qildi. Uchrashuvning dastlabki bo’limi raqiblarning ustunligi ostida o’tdi. Bahsning 19-daqiqasida Kasintura Egas hisobni ochdi. Taymda “Ufa”da yana bir imkoniyat bo’ldi. Ammo Abdumavlon Abdujalilov o’z seyvi bilan jamoamizni goldan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo’limda katta tashabbus “Loko” tarafida bo’ldi. Jamoamiz gollar urish uchun juda ko’plab imkoniyatlarni yaratdi. 66-daqiqada Anvarjon Alijonov hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. Shundan keyin ham gol urish uchun bir qancha imkoniyatlar ko’kka sovurildi. Yakuniy hisob, 1:1.

“Lokomotiv” – “Ufa” 1:1
Gollar: Kasintura Egas (19, 0:1), Anvarjon Alijonov (66, 1:1).

“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Oleg Zoteev, Jaloliddin Jumaboyev, Islomjon Qobilov, Maxdi Abduraimov, Javohir Abdualimov, Sanjar Qodirqulov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Maruf Jumayev, Anvarjon Alijonov, Shime Jujul.
Zaxiradan tushganlar: Lazizbek Mirzayev, Abdulloh Yo’ldoshev, Marat Bikmayev, Ali Abdurahmonov, Rustam Soirov, Sherzodjon Komilov

“Ufa”: Ivan Kukushkin, Vadim Konyuxov, Lev Ushaxin, Erving Botaka-Ioboma, Ivan Temnikov, Kasintura Egas, Danila Yemelyanov, Artyom Pogosov, Artyom Golubev, Aleksey Yevseyev, Roman Minayev.
Zaxiradan tushganlar: Aleksey Chernov, Aleksandr Muxin, Aleksandr Suxov, Karp Katalin, Andrey Nikitin, Daniil Yerofeyev, Ortis Aragon, Danil Axatov, Ilya Molteninov, Nikita Afanasyev, Georgiy Volkov.

photo_2023-02-02_19-44-47