Navbatdagi nazorat o’yinida durang!

Bugun jamoamiz Antaliya yig’inlari doirasidagi beshinchi nazorat o’yinida maydonga tushdi.

Bolgariya vakili “Montana” jamoasi raqiblik qilgan bahsda g’olib aniqlanmadi, 1:1. Dastlab bahsning birinchi bo’limida yevropaliklar hisobni ochgandi. Taymning o’zida Rustam Soirov hisobni tenglashtirdi.

❌ Ikkinchi bo’limda bir necha bora hisob o’zgarishi mumkin edi, futbolchilar bir qancha qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi.

“Lokomotiv” – “Montana” 1:1
Gollar: Fudil Idriss (12, 0:1), Rustam Soirov (33, 1:1).

“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Maqsudxo’ja A`loxo’jayev, Islomjon Qobilov, Abdulloh Yo’ldoshev, Mahdi Abduraimov, Sherzodjon Komilov, Orifxo’ja Abduxoliqov, Rustam Soirov, Lazizbek Mirzayev, Marat Bikmayev, Ali Abdurahmonov.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Jumaboyev, Javohir Abdualimov, Maruf Jumayev, Sanjar Qodirqulov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Anvarjon Alijonov, Shime Jujul.

“Montana”: Petar Petrov, Kristyan Valkov, Yordan Yordanov, Borislav Damyanov, Dimitar Burov, Ivan Mixov, Stefan Kаmenov, Fudil Idriss, Marko Stoseski, Dimitar Proychev, Mexdi Umari.
Zaxiradan tushganlar: Filip Ejike, Martin Sandov, Vladimir Aytov, Anton Karachanakov.

photo_2023-01-31_19-16-17