“Lokomotiv” futbol klubi mavsumlar oralig’idagi navbatdagi transferini e’lon qiladi.
O’tgan mavsum davomida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan darvozabon Zafar Safoyev endilikda “Lokomotiv” a’zosi. 31 yoshli posbon klubimiz bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Safoyevning “Lokomotiv” tarkibidagi faoliyatida omadlar tilab qolamiz. “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan, Zafar!