Lazizbek Mirzayev: “Lokomotiv” asosiy jamoasida o’z o’rnimga ega bo’lishni istayman”

Kecha “Lokomotiv” bilan professional shartnoma imzolagan Lazizbek Mirzayev o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

– Avvalo barchaga xayrli kech. Shartnomani uzaytirishdan maqsad – jamoaga yordam berish, katta tajriba olish. Qancha maydonda harakat qilsam ham faqatgina foyda keltirish.

– “Lokomotiv”dagi asosiy maqsadingiz nimadan iborat?
– Asosiysi – “Lokomotiv”ning Coca Cola Superligaga qaytishida katta xizmat ko’rsatish. Jamoada o’z o’rnimga ega bo’lishni, “Lokomotiv” tarkibida top-jamoalarga qarshi kurashishni istayman.

– O’tgan mavsum siz U-21 chempionatida ham, Coca Cola Superligada ham maydonga tushdingiz. Ligalar o’rtasidagi farq qanday?
– Coca Cola Superligada top darajadagi futbolchilar o’ynaydi. Ular bilan katta tajriba to’plash mumkin. Katta futbolchilar har tomonlama yoshlarga yordam beradi. Ammo tezlik bobida U-21 chempionati ham Coca Cola Superligadan qolishmaydi.