“Lokomotiv” Antaliyaga yo‘l olmoqda

O‘z oldiga bir yil ichida Proligadan Superligaga qaytishni maqsad qilgan “Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyada olib boradi. “Temiryo‘lchilar” Antaliya shahrida 20 yanvardan yig‘inga kirishib, 10 fevralga qadar mashg‘ulot va o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi.

Turkiya yig‘ini doirasida jamoamiz 6ta sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi.

22.01.2023
“Lokomotiv” – “Krasnodar-2” (Rossiya)

25.01.2023
“Lokomotiv” – “Struga Trim-Lum” (Shimoliy Makedoniya)

27.01.2023
“Lokomotiv” – KF “Dukadjini” (Kosovo)

29.01.2023
“Lokomotiv” – “Chernomorets” (Ukraina)

02.02.2023
“Lokomotiv” – “Ufa” (Rossiya)

09.02.2023
“Lokomotiv” – “Samtredia” (Gruziya)

Quyida “Lokomotiv”ning Antaliyaga yo‘l olgan tarkibini keltirib o‘tamiz.

FUTBOLCHILAR

Darvozabonlar: Abdumavlon Abduljalilov, Rustam Nartajiyev

Himoyachilar: Jaloliddin Jumaboyev, Islom Qobilov, Dilshod Komilov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Abdulloh Yo‘ldoshev, Mahdiy Abduraimov, Samuel Ope (Nigeriya), Manuchehr Safarov (Tojikiston)

Yarim himoyachilar: Sanjar Qodirqulov, Ma’ruf Jumayev, Lazizbek Mirzayev, Nurmuhammad Toshpo‘latov, Sherzodjon Komilov, Javohir Abdualimov, Ivan Solovyev (Rossiya), Boyan Naydenov (Shimoliy Makedoniya)

Hujumchilar: Marat Bikmayev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov, Rustam Soirov (Tojikiston), Shime Jujul (Xorvatiya)

MURABBIYLAR SHTABI

Denis Korostichenko – bosh murabbiy
Mirko Yelichich – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy
Andrey Miklyayev – murabbiy
Alisher Ahmedov – darvozabonlar murabbiyi
Abror Pirriyev – shifokor
Aleksandr Voloshin – massajchi
Gurgen Israyelyan – massajchi
Akram Shomurodov – massajchi
Ulug‘bek Usmonxo‘jayev – ma’mur
Ravshan Akbarov – operator
Mirjalol Normatov – matbuot kotibi

afisha-yakuniy