Lazizbek Mirzayev birinchi professional shartnomasini imzoladi

2006-yilda tug’ilgan yosh futbolchimiz Lazizbek Mirzayev “Lokomotiv” bilan professional shartnoma imzoladi.

Futbolchi o’tgan mavsum “Metallurg”ga qarshi bahsda Coca Cola Superligada debyutini amalga oshirgandi. U-21 chempionatida esa 5 o’yinda qatnashib, 3 gol urdi.

Barcha futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan O’zbekiston o’smirlar termasi sardori Lazizbekka jamoamiz tarkibidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolamiz!