Boyan Naydenov: “Lokomotiv” – katta nom, katta klub”

“Lokomotiv” tarkibiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Boyan Naydenov o‘zining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Dastlabki taassurotlar ajoyib. Mo‘jazgina stadion, klub infratuzilmasi, umuman barchasi ajoyib. Nafaqat “Lokomotiv”, balki, Toshkentning barcha klublari juda tartibli ishlashadi.

– “Lokomotiv” Pro-ligada ishtirok etadi. Klub jamoaga bir yilning o‘zida Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan. Bu haqida nima deysiz?
– Holatni yaxshi tushunib turibman. Umid qilamanki, vazifani a’lo darajada bajaramiz. Chunki “Lokomotiv”ning joyi Pro-ligada emas. Klubni Superligaga qaytarish shart!

– Bu yerga kelguningizcha klub haqida nimalarni eshitdingiz?
– O‘zbekistonda o‘ynaganim uchun ko‘p narsalarni bilaman. “Lokomotiv” – katta nom, katta klub. Bunday rahbariyat, jamoadoshlar bilan klub aslida Superligada bo‘lishi kerak. Hali barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.