O‘FA Birinchi vitse-prezidenti va “Lokomotiv” bosh direktori Xorazmga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktori To‘labek Akromov hamda bir qator futbol mutaxassislari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov bilan uchrashib, Xorazm futboli infrastrukturasini 2023-2025 yillar davomida shakllantirgan holda Toshkent shahrining “Lokomotiv” jamoasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, viloyatning Bosh jamoasi “Xorazm” futbol klubining kelajakdagi istiqbollari va maqsadlari muhokama qilindi.

Mutasaddilar shundan so‘ng Xorazm sport majmuasi bo‘lib, futbol akademiyasida yaratilgan sharoitlar, viloyat futbol assosiasiyasida olib borilayotgan ishlar hamda Xorazm futbol klubining butun tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Xorazm futbolida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berib o‘tishdi.