🇷🇺 Ivan Solovyov – “Lokomotiv” futbolchisi!

Yangi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yayotgan 🚂 “Lokomotiv” o‘z tarkibini yangi futbolchilar bilan to‘ldirishni boshladi.

Bugun jamoamiz tarkibiga Ivan Solovyov qo‘shib olindi. O‘tgan mavsum “Nasaf” tarkibida o‘ynab, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan hamda Coca Cola Superligada bronza medallarga ega chiqqan futbolchi klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

“Temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan! 🚂

Ivan Solovyov haqida qisqacha:
1993-yilning 29-mart kunida 🇷🇺 Rossiyada tug‘ilgan
2017-2018-yillar – “Sochi” (Rossiya) 47 o‘yin, 3 gol
2019-2021-yillar – “Navbahor” (O‘zbekiston) 70 o‘yin, 6 gol, 10 assist
2022-yil – “Nasaf” (O‘zbekiston) 20 o‘yin, 3 gol