🚂 Rustam Soirov – “Lokomotiv” futbolchisi!

👉 Yangi mavsumda jiddiy maqsadlarni qo‘yayotgan “Lokomotiv” PFK o‘z safiga iste’dodli hujumchini qo‘shib oldi.

🇹🇯 Tojikiston milliy va olimpiya terma jamoasi a’zosi Rustam Soirov bugun klubimiz bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

✅ Ma’lumot uchun, Rustam Soirov 2002-yil 12-sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbeda tavallud topgan. Ampluasi: hujumchi.

⚽️ U “Istiqlol” klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rustam Soirov “Istiqlol” safida Tojikiston chempioni, 🏆 Kubok va Superkubok sohibi bo‘lishdan tashqari Osiyo chempionlar Ligasi hamda OFK Kubogida ham ishtirok etgan.

✅ O‘tgan yil Soirov Tojikiston Superligasida 15ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi bungacha Estoniyaning “Levadiya” klubida faoliyat olib borayotgandi. Endilikda esa “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qiladi.

🚂 “Lokomotiv” ahil oilasi nomidan Rustam Soirovga jamoamizga xush kelibsan deb qolamiz. 👏