Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O’zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yigʻinlarini yakunlab, Jidda shahriga yetib bordi.
U yerda yoshlarimiz 26 va 29-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi:
U-17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari
26-dekabr
Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston
29-dekabr
Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston
Ushbu yig’inlarda “Lokomotiv” futbolchilari Nikolaos Akopov, Lazizbek Mirzayev, Oybek O’rmonjonov hamda Aminbek Yoqubov ishtirok etmoqda.