🚂 “Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikni 6-yanvardan boshlaydi

Shu boisdan klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan yangi mavsum uchun rejalar jiddiy tarzda ishlab chiqilmoqda. Ayni damda, jamoa tarkibiga yangi olib kelinadigan futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so’ng tarkibdagi yangiliklar bilan ham tanishtirib o’tamiz.

Jamoamiz mavsumga tayyorgarlikni 2023-yilning 6-yanvar kunidan “Lokomotiv” qarorgohida boshlaydi. Ushbu kichik yig’in 19-yanvarga qadar davom etadi va jamoamiz 20-yanvar kuni tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o’tash uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo’nab ketadi.

Turkiya yig’inlari doirasida “Lokomotiv” 6ta sinov-nazorat o’yinlarida qatnashadi. Hozircha shulardan ikki o’yinning raqibi va sanasi aniq:

22.01.2023 📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇷🇺 “Krasnodar-2” (Rossiya)

27.01.2023 📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇽🇰 KF “Dukadjini” (Kosovo)

Yig’in doirasidagi qolgan uchrashuvlar uchun raqiblar bilan muzokaralar davom etmoqda. Bu boradagi ma’lumotlarni keyinroq tanishtirib o’tamiz.

photo_2022-12-19_14-46-32