U-19 birinchiligi. “Lokomotiv” “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

🏟 Qibray stadionida U-19 birinchiligining 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉 Mazkur bahsda Sadriddin Abdullayev qo‘l ostidagi “Loko” U-19 futbolchilari 1:1 hisobida durang natija qayd etishdi.

✅ O‘yinda Azamat Komilov tomonidan kiritilgan gol yosh “temiryo‘lchilar”ga bir ochko taqdim etdi.