Islomjon Qobilov hamda Manuchehr Safarov termalarga chaqirildi

Xabaringiz bor, 🇺🇿 O’zbekiston milliy terma jamoasi 19-sentabrdan e’tiboran navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inlariga kirishadi.

23 hamda 27-sentabr kunlari 🇨🇲 Kamerun va 🇨🇷 Kosta-Rika termalariga qarshi bo’lib o’tadigan yig’inlarga “Lokomotiv” himoyachisi Islomjon Qobilov ham jalb etilgan.

Undan tashqari 🇹🇯 Tojikiston milliy terma jamoasi 17-sentabr kunidan yig’inlarga kirishgan. Jamoamiz futbolchisi Manuchehr Safarov ham ishtirok etayotgan yig’inda tojikistonliklar Tailandda 🇹🇹 Trinidad va Tobago termasiga qarshi o’ynaydi.