🚂 Asosiy jamoamiz 12-iyulga qadar ta’tilga chiqdi

30-iyun kuni “Lokomotiv” Bekobodda “Metallurg”ga qarshi birinchi davraning so’nggi bahsini o’tkazdi.

Qayd etish kerak, ushbu uchrashuvdan keyin asosiy jamoamizga 12-iyulgacha, yoshlar jamoalarimizga esa 13-iyulga qadar ta’til berildi.

“Lokomotiv”ning navbatdagi uchrashuvi 3-avgust kuni bo’lib o’tadi. Shu kuni “Lokomotiv” stadionida “Qizilqum” mehmon bo’ladi.