🚂 “Lokomotiv” birinchi davrada: Kim nechta gol urdi?

👉 “Temiryo‘lchilar” uchun 2022 yilgi mavsumning birinchi yarmi yakun topdi.

⚽️ Jamoamiz 13 o‘yinda 4 g‘alaba, 1 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etib, 13 ochko to‘pladi. Futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga12ta gol urishdi.

✅ Superliga birinchi davrasida eng ko‘p gol urgan legioner hujumchimiz Jerom Etame bo‘ldi. U “Olimpik” darvozasiga ikki bor hamda “Neftchi” darvozasiga bir marta to‘p kiritdi. Diyor Turopov esa ikkita gol bilan bu borada ikkinchi bo‘ldi. U “Surxon” va “Olimpik” bilan kechgan o‘yinlarda bittadan gol muallifi bo‘ldi.

Quyida birinchi davrada kim nechta gol urganini keltirib o‘tamiz:
⚽️ Jerom Etame – 3
⚽️ Diyor Turopov – 2
⚽️ Gʻulom-Haydar Gulyamov – 1
⚽️ Sanjar Qodirqulov – 1
⚽️ Muhammadanas Hasanov – 1
⚽️ Kaxi Maxaradze – 1
⚽️ Xurshid Muxtorov – 1
⚽️ Ali Abdurahmonov – 1

❗️Izoh: “Bunyodkor” darvozasiga kiritilgan gol raqib futbolchisi Avazbek O‘lmasaliyev hisobiga avtogol yozilgan.