U-19 jamoamizda to’purarlar kim?

U-19 jamoamiz ham kichik ta’tilga chiqdi. Shu davr mobaynida kichik statistik ma`lumotlarni taqdim qilishda davom etamiz.

‍♂️ Sadriddin Abdullayev shogirdlari dastlabki 11 turda 10 uchrashuv o’tkazib, 6 g’alaba, 1 durang va 3 mag’lubiyat qayd etdi. Jamoamiz turnir jadvalida 19 ochko bilan 6-o’rinda bormoqda.

Xo’sh, ushbu mavsum ilk davrada U-19 jamoamizning 23 golini qaysi futbolchilar kiritdi? Bu boradagi to’purar ayni damda 6️⃣ gol bilan Saidakmal Asamjonov bo’lib turibdi.

6 – Saidakmal Asamjonov
4 – Mirjalol Norqobilov
3 – Shohruh Abdumannopov, Sardor Hojiboyev, Javohir Mubarakov
1 – Baxtiyor Tadjiyev, Ibrohimjon Qurbonov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Muhammadyusuf Xusanov