Muhammadanas Hasanov jamoamiz bilan xayrlashdi

👉 Ushbu mavsum boshida “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shilgan Muhammadanas Hasanov yozgi tansfer oynasi paytida jamoamizni tark etdi.

⚽️ “Qo‘qon-1912″dan “temiryo‘lchilar” safiga o‘tgan yarim himoyachi “Loko” tarkibida ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. “Dinamo” bilan kechgan bahsda raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi bilan har ikki tomonning o‘zaro roziligi asosida shartnoma bekor qilindi.

🚂 “Lokomotiv” PFK Muhammadanas Hasanovga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaydi.👏