🚂 Server Jeparov – “Lokomotiv” PFK sport direktori

👉 Yosh va iqtidorli mutaxassislardan biri, o‘z vaqtida (2008, 2011) Osiyoning ikki karra “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Server Jeparov “Lokomotiv” PFK rahbariyati qaroriga binoan klub sport direktori etib tayinlandi.

⚽️ 2016-yil jamoamiz safida harakat qilib, “Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar yetib borishida munosib hissa qo‘shgan Jeparov shu yilning 24-fevral sanasidan “Lokomotiv” futbol maktabida ish boshlagandi. Endilikda esa u klub sport direktori vazifasini bajaradi.

✅ Shu o‘rinda Server Reshatovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.