Nazorat uchrashuvi. “Lokomotiv” – “Navbahor” 2:2

Toshkent viloyatidagi “Do’rmon” stadionida “Lokomotiv” hamda “Navbahor” jamoalari o’zaro sinov-nazorat bahsini o’tkazdi.

Bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. Dastlabki bo’limda G’ulom-Haydar Gulyamov hamda Anvarjon Alijonov o’z gollari bilan hisobni ishonchli ko’rinishga keltirgandi. Ikkinchi bo’limda esa jamoalar ikkinchi tarkiblarni maydonga tushirdi. 71-daqiqada Andrey Sidorov, 85-daqiqada esa Javohir Xusanovning gollari bahsda yakuniy hisob 2:2 bo’lishini ta’minladi.

Qayd etish kerak, bahsning so’nggi daqiqasida ikki bora “Navbahor” himoyachilari to’pni darvoza chizig’i ustidan qaytarib qoldi.

“Lokomotiv” – “Navbahor” 2:2
Gollar: G’ulom-Haydar Gulyamov (34), Anvarjon Alijonov (45) – Andrey Sidorov (71), Javohir Xusanov (85).