⚽️ Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Surxon”

👉 Bugun Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Surxon” bellashuvi bo‘lib o‘tadi.

✅ Turnir jadvalida “Lokomotiv” 3 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. “Surxon” esa 2 ochko to‘plagan holda oxirgi o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv”da to‘plar nisbati 4-9, “Surxon”da esa 2-4.

▶️ “Temiryo‘lchilar” shu paytgacha o‘tkazilgan 5ta uchrashuvning bittasida g‘alaba qozonib, to‘rt bor mag‘lubiyatga uchrashdi. “Loko” o‘z maydonida AGMKdan ustun kelib, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Dinamo” bilan kechgan o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi.

▶️ Termizliklar hozircha 4ta o‘yin o‘tkazib, ikki durang va ikki mag‘lubiyat qayd etishgan. “Surxon” safarda “Olimpik” va “Metallurg” bilan durangga erishib, “Navbahor” va AGMKga qarshi bahslarda mag‘lub bo‘ldi.

👉 Har ikki jamoa musobaqa jadvalining quyi qismida borayotganini inobatga olsak, bugun “Lokomotiv” stadionida jiddiy qarama-qarshilik kechishi kutilmoqda. Shunday ekan, soat 18:30da boshlanadigan uchrashuvga muxlislarni taklif etib qolamiz.

🗒 1-may, yakshanba
🚂 LOKOMOTIV – SURXON
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Obid Jumayev, Jasur Rustamov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
VAR assistenti: Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Akmal Rahmatov