😍 Muhim uchrashuvda jamoamizdan kambek, Akbar Usmonov qahramon!

Futzal bo’yicha mamlakat chempionati 10-turi 2-kuni doirasida jamoamiz “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda jamoamiz qiyin g’alabaga erishdi. Bahsning katta qismida “Lokomotiv” futzalchilari hisobda ortda borishdi va g’alaba uchun so’nggi daqiqagacha kurashishdi. Bahs yakuniga bir necha soniyalar qolganida Akbar Usmonov g’alaba golini kiritib, jamoamizga 3 ochko taqdim qildi.

“Lokomotiv” – “Metallurg” 3:2
Gollar: Dilmurod Shavkatov (17), Mashrab Adilov (37), Akbar Usmonov (40) — Farhod Qodirov (8, 19)