🚂 “Loko-2010” xotira turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi👏

👉 24 mart kuni start olgan Islom ota Shog‘ulomov xotira turniri bugun o‘z nihoyasiga yetdi.

🏟 “Oqtepa” stadionida bo‘lib o‘tgan musobaqada futbol maktabimizning 2010-yil tug‘ilgan futbolchilari ishtirok etib, Azizxon Umarov va Marsel Idiatullin shogirdlari yakunda 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

✅ Yosh “temiryo‘lchilar” 3-o‘rin uchun kechgan bahsda “Feniks” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. Finalda “Bunyodkor” va “Metallurg” o‘zaro bahs olib borib, bunda 3:2 hisobida “bunyodkorchilar”ning qo‘li baland keldi.

👍 Turnirdagi munosib ishtirok va bronza medallar bilan “Loko-2010” tarbiyalanuvchilarini tabriklab qolamiz.