🏆 Yana bitta sovrin. “Loko-2012” – kumush medallar sohibi!

👉 Futbol maktabimizning 2010 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari Islom Shog‘ulomov xotira turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani xabar bergandik.

🏟 “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tgan yana bir musobaqada ishtirok etgan 2012-yil tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimiz kumush medallarga ega chiqishdi. Yosh “temiryo‘lchilar” yettita o‘yin o‘tkazib, faqat bittasida mag‘lub bo‘lishdi.

🚂 2012-yil futbolchilarimiz “Navro‘z Kubogi” xalqaro musobaqasining finaliga qadar borib, hal qiluvchi bahsda Qozog‘istonning “Ordabasi-A” jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

“Lokomotiv” – “Paxtakor Kids” 4:0
“Lokomotiv” – “Paxtakor-B” 1:1
“Lokomotiv” – “Aziya Gol” (Qirg‘iziston) 1:0
“Lokomotiv” – “Ordabasi-B” (Qozog‘iston) 4:0
1/4 final. “Lokomotiv” – “Aybin” (Qozog‘iston) 4:0
1/2 final. “Lokomotiv” – “Paxtakor-A” 3:1
FINAL. “Lokomotiv” – “Ordabasi-A” 0:2