⚽️ Bugun futbol. “Bunyodkor” – “Lokomotiv”

👉 Bugun Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

🏟 Toshkent derbisi maqomiga ega bahs “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi hamda 18:30da boshlanadi.

👉 Ortda qolgan ikki turda “Bunyodkor” 1 ochko qo‘lga kiritdi. “Qaldirg‘ochlar” uyda “So‘g‘diyona” bilan 0:0 o‘ynashdi. “Lokomotiv” esa 3 ochkoli bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” AGMK ustidan 2:1 hisobida zafar quchishdi.

🗒 Turnir jadvalida “Lokomotiv” 7, “Bunyodkor” esa 12-o‘rinda boryapti. “Bunyodkor” mezbonligi ostida o‘tgan oxirgi 5 o‘yinni yodga oladigan bo‘lsak, maydon egalari ikki bor zafar quchgan, “Loko” bitta o‘yinda g‘olib bo‘lgan hamda ikkita uchrashuv durang bilan yakun topgan.

2021. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 3:2
2020. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 2:0
2019. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:1
2018. Ikkinchi bosqich. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 2:2
2018. Birinchi bosqich. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:2