Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi mezbonligidagi “O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubogi-2022” musobaqasida 2-tur o’yinlariga start berildi.
Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi 2007-yilda tug’ilgan futbolchilarimiz AGMKga qarshi bahsda o’ziga xos xarakter namoyish qildi. Birinchi bo’limda 2 gol urib olgan jamoamiz darvozaboni qizil kartochka oldi. Shu sababli o’yin tizginini qo’ldan chiqargan yoshlarimiz 2-bo’limda uchta gol o’tkazib yuborgan bo’lsa-da, tezda natijani o’zlariniki qilib olishdi.
“Lokomotiv” – AGMK 4:3
Gollar: Quvonchbek Abrayev (10, 19, 27), Jasur Jumaboyev (68) – Diyorbek Umirov (44, 61, 66).