🚂 “Lokomotiv” taqdimot marosimi o‘tkazadi

👉 Har yil mavsum avvalida taqdimot marosimi o‘tkazish va yangi futbolchilarni tanishtirish “Lokomotiv” PFK uchun an’anaga aylanib ulgurdi.

✅ Kelayotgan haftaning dushanba – 7-mart kuni “Lokomotiv” stadioni anjumanlar zalida yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.

👉 Tadbirda “Lokomotiv” PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov va jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etadi.

👉 Taqdimotda yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish bilan birgalikda jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi hamda bu mavsum klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar haqida so‘z boradi.

▶️ Bundan tashqari “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagan Rustam Nartadjiyev, Alisher Salimov, Muhammadanas Hasanov, Jerom Etame, Ma’ruf Jumayev kabi futbolchilariga o‘z futbolkalari topshiriladi.

🏟 7-mart kuni bo‘lib o‘tadigan tadbir soat 12:00da boshlanadi. 🎤 OAV xodimlarini “Lokomotiv” stadioniga taklif etib qolamiz.