Denis Korostichenko: “Kichik ustunlikka ega bo’ldik, biroq gollarga olib kelgan xatoliklarga yo’l qo’ydik”

Superliganing 1-turidan o’rin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” (2:0) bahsidan keyin “temiryo’lchilar” ustozi Denis Korostichenko o’yin haqidagi fikrlarini bildirib o’tdi.

“O’yin juda qiyin kechdi. O’zi umuman birinchi tur doirasidagi deyarli hamma o’yin og’ir o’tdi. Tajribali futbolchilar yig’ilgan raqibga qarshi o’yin o’tkazdik. Kichik ustunlikka ham ega bo’ldik, biroq gollarga olib kelgan xatoliklarga yo’l qo’ydik.

Safarda o’ynaganimizga qaramasdan, kelib bizga muxlislik qilgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Keyingi turlarda g’alaba qozonishga harakat qilamiz”, – dedi Korostichenko