“Lokomotiv” karting gran-pri musobaqasida Diyorjon Turopov chempion!

“Lokomotiv” futbol klubi har yili futbolchilarimiz o’rtasida karting musobaqasini tashkil qilishi an’ana tusiga kirib bormoqda.🏎

Jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va personallar poytaxtimizdagi “Anxor-Lokomotiv” bog’ida mehmon bo’lishdi.

Avvaliga barcha attraksionga taklif qilindi. Keyinchalik esa karting poygasi boshlanib ketdi.

Dastlabki 6 poygada o’z guruhlarida eng yuqori natijalarni ko’rsatgan G’ulom-Haydar Gulyamov, Abdumavlon Abdujalilov, Diyorjon Turopov, Jaloliddin Jumaboyev, Kaxi Maxaradze va Islom Rashidxonov super-finalda ishtirok etishdi.

Finalda esa eng yaxshi natija Diyorjon Turopovga tegishli bo’ldi va u “Lokomotiv” karting gran-pri musobaqasi g’olibiga aylandi.