“Lokomotiv” Rustam Akramovni yod etdi

👉 Xabaringiz bor, shu yilning 15 fevral kuni taniqli murabbiy, futbol professori Rustam Akramovich Akramov 73 yoshida vafot etdi.

👉 Bugun “Lokomotiv” jamoamiz a’zolari marhumni yod etish hamda haqlariga Qur’on tilovat qilish maqsadida Rustam Akramovich istiqomat qilgan xonadonda bo‘lishdi.

✅ Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan payt jamoa bosh murabbiyi aynan Rustam Akramov edi.

Rustam Akramovich xotirasi hamisha yodimizda saqlanib qoladi. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin.🙏