“Toshkent shahri kubogi-2022”. U-21 jamoamizdan derbida g’alaba!😍

Toshkent shahri futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan “Toshkent shahri kubogi-2022” musobaqasining 5-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Tur doirasida jamoamiz “Paxtakor”ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g’alabaga erishdi. G’alaba golini Diyorbek Inomov kiritdi.

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 1:0
Gol: Diyorbek Inomov (63, 1:0).