⚽️ Mohir yarim himoyachi butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
👉 O‘tgan mavsumni “temiryo‘lchilar” safida o‘tkazgan Sadriddin Abdullayev futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.
🚂 “Lokomotiv” PFK rahbariyati maslahatiga ko‘ra, u klub tizimida qolishni ma’qul deb bildi.
👍 Abdullayev murabbiy sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
✅ Klubimiz rahbariyati Sadriddin Abdullayevni “Lokomotiv” U-18 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.
👉 Endilikda 18 yoshgacha futbolchilarimizni Abdullayev boshqaradi va buning uchun tegishli lisenziyaga ega.
💪 Yangi sohada omad va zafarlar tilab qolamiz, Sadriddin Nizomiddinovich!