Rifat Akramxo‘jayev – “Lokomotiv” futbol maktabi direktori🚂⚽️

Yosh va malakali mutaxassis “Lokomotiv” futbol maktabi direktori etib tayinlandi.

👉 Ma’lumot uchun, Rifat Akramxo‘jayev “Lokomotiv”dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lib, dastlab U-21 jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, “Lokomotiv” o‘rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.

👉 2020 yil ushbu mutaxassis “Lokomotiv” U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021 yil boshida “Surxon” futbol klubiga yo‘l olgan Rifat Akramxo‘jayev 1 iyul kuni yana “Lokomotiv”ga qaytib, dastlab seleksioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoamiz bosh murabbiyi bo‘lib ishladi.

👉 O‘tgan yil 18 yoshgacha futbolchilarimiz Akramxo‘jayev qo‘l ostida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib ijobiy natija ko‘rsatdi. Shu o‘rinda yangi ish va yangi lavozimda Rifat Saydi-Anvarovichga omad va zafarlar tilab qolamiz.