U-18 Birinchiligi: Nukusdan g‘alaba bilan!

Rifat Akramxo‘jayev shogirdlari U-18 chempionatining navbatdagi uchrashuvini Nukusning “Aral Samali” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. 26-daqiqada mezbonlar Damir Shomuratovning aniq zarbasi evaziga oldinga chiqib olishdi. 44-daqiqada Diyor Akramov hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, zaxiradan maydonga tushgan Azamat Rasuljonov jamoamizni oldinga olib chiqdi.

83-daqiqada Ulug‘bek O‘razboyev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Doniyor Shoydillaev jamoamizga g‘alaba keltirdi.

3:2 – jamoamizdan navbatdagi g’alaba!

U-18 Birinchiligi, 21 tur
Aral Samali – Lokomotiv 2:3
Lokomotiv: Sergeev (Ro’zimov 88), Akramov, Xolto’raev, Yo`ldoshev (k), Abdumannopov (Baxtiyorxonov 77), Abdullaev, Sunnatov, Rustamov (Axmadaliev 33), Rahmatillaev (Shoydillaev 63), Pardaboev, Nematov (Rasuljonov 29)
Gollar: Akramov 44, Rasuljonov 45, Shoydillaev 90+1