Chang bosgan Toshkentdagi g’alaba va Abduxoliqovning penaltisi. Biz “So’g’diyona” ustidan g`alaba qozondik

Superliganing navbatdagi tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda jamoamiz chempionat kumush medallari uchun kurashayotgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi chiqdi. Uchrashuv ob-havo sharoiti, eng muhimi qiziqarli futbol bilan yodda qoldi. Har ikki jamoada gol urishga imkon beradigan bir qancha qiziqarli lahzalar bo’ldi. Xususan, birinchi bo’limda bosh hakam Shavkat Nasibullaevga birdaniga ikkita penalti belgilandi. 45-daqiqada jizzaxlik futbolchi Marko Kolakovich Javoxir Ilyosovning seyvi evaziga penaltini aniq amalga oshira olmadi. Birinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqalarda jamoamiz penalti tepish imkoniyatiga ega bo’ldi. Penaltini Temurxo’ja Abduxoliqov ajoyib tarzda amalga oshirdi

Ikkinchi bo’limda ham xavfli lahzalar ko’p bo’ldi. Ulardan birida 60-daqiqada Jasur Jaloliddinov hisobiga gol yozildi. Biroq uning to’pi ofsayd holati tufayli bekor qilindi. Ammo shunga qaramay, jamoamiz ushbu bahsda 1:0 hisobida g’alaba qozondi

Coca Cola Superligasi. 24-tur
«Lokomotiv» – «Sogdiyona» 1:0
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Xurshid Muxtorov, Islom Qobilov, Jaloliddin Jumaboev (Samuel Ope 71), Shuhrat Muxammadiev, Diyor Turopov, Sherzod Fayziev, Kaxi Maxaradze (s), Sanjar Qodirqulov, Jasur Jalollidinov (Javohir Sidiqov 71), Temurxo`ja Abduxoliqov (Aziz Amonov 46)
Gol: Temurxo`ja Abduxoliqov 45+3