“Hane Cup”. 30-oktabr kuni futbol maktabimiz Antaliyaga jo’nab ketadi

✅ 1-6-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida “Hane Cup-2021” musobaqasi bo’lib o’tadi.

Ushbu turnirda 5 guruhimiz – Sunnatilla Abdurasulovning 2007-yilda tug’ilgan futbolchilari guruhi, Shavkat Axmedjanovning 2009-yilda tug’ilgan futbolchilari guruhi, Azizxon Umarovning 2010-yilda tug’ilgan futbolchilari guruhi, Nurbek Farmonovning 2011-yilda tug’ilgan futbolchilari guruhi, Marsel Idiatullinning 2012-yilda tug’ilgan futbolchilari guruhi ishtirok etadi.

“Hane Cup-2021” musobaqasida O’zbekistondan tashqari Ispaniya, Qozog’iston, Moldova, mezbon Turkiya, Ukraina, Qirg’iziston, Rossiya kabi davlatlardan ham jamoalar ishtirok etadi.

30-oktabr kuni “Lokomotiv” delegatsiyasi Istanbul orqali Antaliya shahriga jo’nab ketadi.