⚡️ Quvonchli xabar! Azizbek Amanov ham terma jamoaga chaqirildi👍

 

👉 Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Iordaniyada yig‘in tashkil etadi.

✅ Bugun bo‘lib o‘tgan Superliga 21-tur “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsining oxirida gol urib, “temiryo‘lchilar”ga muhim g‘alabani taqdim etgan Azizbek Amanov ham milliy terma jamoamizga taklif etildi.

✅ Azizbek Amanov terma jamoamizning dastlabki ro‘yxatida yo‘q edi, biroq keyinchalik O‘FA klubga rasmiy xat bilan murojaat qilib, ushbu futbolchi ham mamlakatimiz bosh jamoasiga chaqirilganini ma’lum qildi.

🚂 Endilikda “Lokomotiv”dan ikki nafar futbolchi – Islom Qobilov va Azizbek Amanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etadi.

👉 Eslatib o‘tamiz, milliy jamoa Iordaniyadagi yig‘in doirasida 9 oktyabr Malayziya va 12 oktyabr kuni Iordaniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.