💥 BOOM! Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishdi

▶️ Ushbu mavsumni “Andijon” safida boshlagan Jasur Jaloliddinov ikkinchi davrani “Lokomotiv”da o‘tkazadi. Iqtidorli futbolchi bugun “temiryo‘lchilar” bilan kelishuvga erishdi.

▶️ Jasur Jaloliddinov kecha bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Andijon” bahsidan so‘ng “burgutlar” bilan xayrlashganini o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. Endilikda futbolchi mavsumni “Lokomotiv” libosida davom ettiradi.

🚂 Jaloliddinovga “Lokomotiv” futbol klubiga xush kelibsan deb qolamiz.

photo_2021-07-04_19-15-37