Bugun Toshkent derbisi. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 🏆⚽️

➡️ Bugun Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi.

➡️ Bu o‘yinga ortiqcha ta’rif berish shart emas. Chunki oxirgi yillarda “Paxtakor” va “Loko” o‘rtasidagi bahs qayerda kechmasin, markaziy tusini olib bo‘ldi. Albatta, o‘tgan yilgi natijalar “Lokomotiv” uchun yaxshi bo‘lmagandi. Xususan birinchi davradagi 0:7 hisobidagi mag‘lubiyat juda yirik bo‘lgandi. Ikkinchi davrada esa “temiryo‘lchilar” ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

✅ Bu yilgi chempionatda “Paxtakor” hozircha turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Piter Xyuistra shogirdlari o‘tkazilgan 11ta bahsning 9tasida g‘alaba qozonib, ikki bor durang o‘ynashdi. “Paxtakor” hozircha mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. To‘plar nisbati 23-5.

✅ “Lokomotiiv” esa 11 o‘yinda 15 ochko to‘plagan holda 4 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyat bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 15-14.

➡️ Bu “Paxtakor”ning o‘z maydonidagi 6-o‘yini bo‘ladi. Bungacha bo‘lib o‘tgan beshta uchrashuvda “sherlar” to‘rt bor g‘alaba qozonib, bir marta durang qayd etishdi. “Paxtakor” uydagi bahslarda “Mash’al” (3:0), “Metallurg” (2:1), “Andijon” (1:0) va “Qo‘qon-1912” (3:0) jamoalarini mag‘lub etib, “So‘g‘diyona” (0:0) bilan durang qayd etdi. Uydagi bellashuvlarda “Paxtakor” faqat bitta gol o‘tkazgan.

➡️ “Lokomotiv” bugun safarda 7-uchrashuvini o‘tkazadi. Hozirgacha safarda o‘tkazilgan o‘yinlarda “Loko” uch bor g‘alabaga erishib, ikki marta durang qayd etdi va bir bor mag‘lub bo‘ldi. Safarda to‘plar nisbati 14-4. Oxirgi uchta uchrashuvni yodga oladigan bo‘lsak, “temiryo‘lchilar” mehmonda “Mash’al”ni 4:1 va “Andijon”ni 2:1 hisobida yengib, “So‘g‘diyona” bilan 0:0 o‘ynashdi.