“Lokomotiv”dan hafta yakunlari (5-11 aprel) 🚂⚽️

O‘tgan bir hafta ichida jamoalarimiz o‘tkazgan o‘yinlarni keltirib o‘tamiz.

✅ Asosiy jamoamiz
Nihoyat, Superliganing 5-turiga kelib “temiryo‘lchilar” dastlabki g‘alabani nishonlashdi. Safarda “Surxon” bilan kechgan bahsda Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gol asosiy jamoamizga uch ochko keltirdi.

⚽️ 9 aprel. Superliga. 5-tur
“Surxon” – “Lokomotiv” 0:1

✅ Yoshlar jamoamiz (U-21)
Afsus, bu turda yoshlarimiz yana mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. “Surxon”ga qarshi o‘yinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. “Temiryo‘lchilar” safida Ali Abdurahmonov gol muallifi bo‘ldi.

⚽️ 8 aprel. U-21 birinchiligi. 5-tur
“Surxon” – “Lokomotiv” 3:1

✅ Futzal jamoamiz
Futzalchilarimiz o‘tgan hafta chempionatning 15-tur bahslarida ishtirok etishdi. Bunda ikki durang va bir g‘alaba qayd etildi.

⚽️ 15-tur. 8 aprel. “Buxoro” – “Lokomotiv” 2:5
⚽️ 15-tur. 9 aprel. “Xuaxin Jizzax” – “Lokomotiv” 4:4
⚽️ 15-tur. 10 aprel. “Stroitel-Zarafshon” – “Lokomotiv” 3:3

✅ Futbol maktabimiz
Shahar chempionatida qatnashayotgan 5ta yosh toifasidagi jamoalarimiz ham navbatdagi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Shuningdek, o‘tgan hafta Toshkent shahar 2-liga bahslariga start berildi. Alisher Bozorov qo‘l ostidagi futbolchilarimiz ilk turda “Spartak”ni 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.

⚽️ Ikkinchi liga. 1-tur. 6 aprel. “Lokomotiv” – “Spartak” 5:0
⚽️ 2005. 4-tur. 5 aprel. “Lokomotiv” – TFA 1:1
⚽️ 2005. 5-tur. 11 aprel. “BO‘SM Olmazor” – “Lokomotiv” 1:2
⚽️ 2006. 5-tur. 11 aprel. TFA – “Lokomotiv” 2:1
⚽️ 2007. 5-tur. 11 aprel. “Lokomotiv” – “Odil Ahmedov” 1:2
⚽️ 2008. 5-tur. 11 aprel. “Lokomotiv” – ROZSK 2:2
⚽️ 2009. 5-tur. 11 aprel. “Lokomotiv-B” – “Paxtakor” 0:0