😍 Futzal jamoamizdan irodali g’alaba!

Bugun Farg’onada futzal bo’yicha O’zbekiston chempionatining 15-tur uchrashuvlariga start berildi.👇

Unda “Lokomotiv” futzalchilari “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va 5:2 hisobida g’alabaga erishdi.

Qayd etish kerak, jamoamiz uchrashuvda tezkor gol o’tkazib yuborgandi. Ammo Ahad Yusupov shogirdlari keyinchalik vaziyatni to’g’rilay olishdi.

🔴 BUXORO – LOKOMOTIV 2:5
⚽️ Akmal Elmurodov (5 avtogol, 1:0), Amirjon Sadullayev (14, 1:1), Bexruz Samiyev (17, 2:1) Boburbek Ergashev (31, 2:2) Boburbek Ergashev 32, 2:3), Boburbek Ergashev (36, 2:4), Jamoliddin Normirzayev (39, 2:5).

photo_2021-04-08_18-02-17